gullarini
parvarishlashni hisoblayman. Gullardan qizil atirgul g`unchalarini
juda ham yoqtiraman. Qora atirgul va ko`kgullar ham juda chiroyli.
Mening eng sevimli faslim qish. Qishning beg`ubor oppoq qorlari,
musaffo havosi, yoqimli osudaligini yoqtiraman.Qish juda go`zal
fasl. Qishning sovug`i ham yoqimli. Ranglardan oq, qora va
havorangni yoqtiraman. Oq rang musaffoligi bilan, qora rang
ko`rkamligi, havorang hayot, tong, osmonni eslatishi bilan
ko`nglimga kirib kelgan. Ismlardan Asror, Saidjon, Bonu, Shirina
kabi ismlarni yoqtiraman. Fantastik, tarixiy hamda romantik
kinolarni sevib tomosha qilaman. Eng sevib o`qiydigan kitobim
Pirimqul Qodirovning " Yulduzli tunlar" va Zarifa
Saidnosirovaning "Oybegim mening" kitoblaridir.
Ushbu kitoblarni qayta-qayta o`qishdan zerikmayman va charchamayman.
Fanlardan adabiyot, informatika va ayniqsa kimyo fanini juda
ham yaxshi ko`raman. Dunyodagi eng katta orzuyim eng baxtli
va hamma havas qilsa arzigulik inson bo`lish. Hozircha armonim
yo`q. Hech qachon armonim bo`lmasligini istardim. Ollohim
bergan hayotim davomida dunyoda faqat tinchlik, sog`lik, insonlar
ishonchini qozonish baxti nasib etsa deyman. Dunyoda eng yaqin
insonlaridan judo bo`lish, xiyonat, tuxmat, o`ylagan niyatiga
yeta olmay tushkunlikka tushib qolish, ishonchni oqlay olmaslikdan
yomoni yo`q deb o`ylayman. Insonlardagi to`g`riso`zlik, birso`zlik,
samimiylik, sevgiga sadoqatlilik fazilatlarini yoqtiraman.
Ikkiyuzlamachi, yolg`onchi, bevafo, g`iybatchi, badgumon kishilarni
yoqtirmayman. Hayotdagi shiorim "Izlagan imkon topar,
o`zing uchun o`zing kurash, doimo olg`a intil". Men sevgi
borligiga ishonaman. Agar sevgi bo`lmaganida insonlar qanday
turmush qurgan va hayot davom etgan bo`lardi? Sevgisiz hayot
yo`q. Chin sevgi har bir inson hayotida bo`lishini tilab qolaman.
Ayollar istagan ideal erkakni shunday tasavvur qilamanki,
ideal erkak e`tiborli, harakatchan, bir so`zli bo`lishi kerak.
Ayollar doimo mehr-muhabbat, e`tibor kutadi. Erkak kishi ham
ayolini doimo sevadigan, hurmat qiladigan, e`tiborli bo`lishi
kerak. Ikkinchi navbatda esa erkak kishi harakatchan ya`ni
oilasiga, farzandlariga nisbatan burchni his qilib, ular uchun
sharoit yaratib, moddiy tomondan ta`minlashi kerak. Uchinchi
galda esa erkak kishi doimo bir so`zli bo`lsa, bergan va`dasiga
sodiq qolib, xiyonat nimaligini bilmay yashasagina ayol kishi
uchun bundan ortiq baxt bo`lmaydi. Go`zal qizlarimizga va
dugonalarimga xuddi shunday ideal yigitlar uchrasa behad shod
bo`lardim. Men uchun dunyodagi eng ustun inson bu dadajonim
va ayajonimdir. Dadam va ayam doimo mening baxtimga sog`-omon
bo`lsinlar. Ollohimdan yagona tilagim yaqin kishilarim baxtiga
sog`-omon bo`lib, ularning baxtli saodatli kunlarida birga
bo`lish baxti nasib etsin. Ayollarimiz va qizlarimizni ko`zlarida
doimo quvonch porlab tursin. Chexralaridan tabassum arimasin.
Doimo o`z maqsadlariga yetib, go`zal diyorimiz uchun kerakli
inson bo`lib yursinlar. Ayollarni hech qachon go`zallik tark
etmasin. |