Bu hayotda har bir insonning o`z orzusi bo`ladi. Inson orzulariga yetishishi oson emasligini bilsa ham orzulariga erishishga intilib yashaydi. Men uchun muhim bo`lgan g`oya bu ayollar va qizlarning erkaklardan farqli ravishda ortda qolmasdan olg`a intilishlari haqidadir.Tobora rivojlanib borayotgan zamonda ayollarning axborot texnologiyalaridan foydalanishlari muhim ahamiyatga ega. Ayollar va qizlarning axborot texnologiyalaridan to`g`ri va oqilona foydalanishlari e`tiborga molik asosdir.Har bir zamonaviy XXI asr ayoli har tomonlama mukammal bo`lishi lozim. Masalan ayollar va qizlar zamondan ortda qolmasdan o`zlariga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin. O`zimizga kerakli ma`lumotlarni hozirda kutubxonalardan soatlab izlab o`tirishimizga zarurat qolmadi. Internet ma`lumotlarning bepoyon ummoni.Internetdan kerakli axborotlarni bir necha soniyalarda topish mumkin.Hayotimizga Internetning tobora ko`proq kirib kelayotganligining eng asosiy sababi ham shundadir balki. Statistik ma`lumotlarga qaraganda ayollar Internetdan ko`proq o`zlariga kerakli bo`lgan tibbiy va uy-ro`zg`or buyumlariga oid ma`lumotlarni qidiradilar.Shu o`rinda aytib o`tishimiz mumkin-ki ayollar va qizlar Internetni o`zlari uchun telefon tarmog`i kabi aloqa qilish vositasi deb qabul qilganlar. Ayollar elektron pochta yordamida do`stlar orttiradilar. Ayollar ham hayotda o`z o`rnini topa bilsinlar.Sevimli, o`zlariga yoqadigan ishi bo`lishini har bir ayol istaydi.Nega endi ayol kishi o`zi istagan ishi bilan mashg`ul bo`la olmaydi? Nega qizlar turmushga chiqqanlaridan so`ng sevimli ishlarini tashlashga majbur bo`ladilar? Faqat ayol kishi bo`lib bu yorug` dunyoga kelganligi uchunmi? Axir ayol, ona dunyoni tebratadi-ku? Ba`zi bir tushunchasi va saviyasi past erkaklar o`z qizlarini hattoki o`rta maktablarda ham to`liq o`qitmayaptilar. Rafiqalarini ishlashlariga yo`l qo`ymaydilar. Yoshgina qizlariga hijob kiygizib, din yo`liga majburan kirgizmoqchi bo`lyaptilar. Bu so`zlarim bilan erkaklarni yohud muqaddas din hisoblanmish Islom dinimizni tanqid qilmoqchi emasman aslo. Lekin shu toifadagi insonlar ham XXI taraqqiyot asrida uchrab turadi.O`g`il bolalar va yigitlar uchun imkoniyatlar chek-chegarasiz. Yigitlar maktabda yaxshi o`qimasalar ham ota-onalarimiz kechiradilar. "O`g`il bolada sho`x, esi kirib qolar" deb bu voqeaga yengil-yelpi qarab qo`yishadilar xolos. Yana ko`p kuzatiladigan hol bu kompyuter xonalarida og`il bolalarning uchrashidir. Ular kompyuter o`yinlari, Internetdagi ko`ngilochar saytlarni kuzatadilar. Qizlarchi? Qizlarning ba`zi birlari kompyuter nimaligini ham yaxshi bilmaydilar. Faqat uy yumushlari sabab maktab darsliklarini ham yaxshi o`zlashtira olmaydilar. Ba`zi ota-onalar qizlarining kompyuterda ishlashlariga ruhsat bermaydilar. Go`yoki kompyuter qizlarni noto`g`ri yo`llarga boshlar ekan. Balki o`sha insonning o`zi bu holni kuzatgandir.Lekin ayollar va qizlar ham inson-ku? Axir inson bu foniy dunyoga bir marta keladi-ku. Shunday ekan har bir o`zbek ayolining jamiyatda topgan o`z o`rni va mavqei bo`lsin. Ayol kishi zamonaviy, oilasiga g`amxor,ishiga e`tiborli, muomalasi yaxshi, jiddiy, kasbdoshlari orasida xurmatga sazovor, did bilan kiyingan, mehribon ona bo`lishi kerak deb hisoblayman.Bu ayol kishi uchun juda murakkab masala emas.Faqat o`zi uchun bir oz e`tibor va to`g`ri taqsimlangan vaqt kerak. Zamondan ortda qolmagan har bir erkak va yigit ayollarni tushuna oladi va fikrlarini xurmat qiladi.Biz XXI tehnik informatsiyalashgan zamonda yashayotganligimizni unutmasligimiz his qilishimiz kerak. So`zlarim xuddi balandparvoz, amalga oshishi qiyin bo`lgan so`zlarga o`xshab tuyulishi mumin. Ammo hamma so`zlarim samimiy. Ayollar va qizlar o`z huquqlarini himoya qilsalar kelajak avlod uchun mustahkam poydevor bunyod etgan bo`ladilar. Prezidentimiz I. A. Karimov aytganlaridek " Biz hech kimdan kam emasmiz va hech qachon hech kimdan kam bo`lmaymiz". |
|