Mehribon
onajonim.
Bag`ri
keng mehribonim
Jonajon onajonim
Barchaga teng mehmonim
G`animat onajonim.
Bolalarim
momosi
Momolarning "havosi"
Dardlarimning davosi
Dardkashim dardim onam
Otam
hamda onamsiz
Azizlardan azizsiz
Bir o`g`il-u beshta
Umringiz tilaymiz biz
Nursizgina
ko`zingiz
Oltinga teng so`zingiz
Shoir emas qizingiz
Borlig`im baxtim onam.
Otajonim
yo`q siz endi!
Otajonim,
soyabonim
Mehribonim yo`q siz endi
Onajonim bo`zlab yig`lar
Toju taxtim yo`q siz endi
To`ylar
qilsak to`nlar kiyib
Yursangiz bo`lmasmidi
O`lmasangiz qaro yer
Siz-siz ham to`lmasmidi
Otajonim
jonim otam
Dilim o`ksik ko`zlarim nam
Asli dunyo o`zi bir kam
Qiblagohim yo`q siz endi
Yo`qligingiz
bizga armon
Sizga atab yozdim doston
Ruxingiz qo`llar begumon
Ruxi pok otam yo`q siz endi.
Dilbandim,
farzandlarim.
Beshta
qizim davlatim
Sizlarla tik savlatim.
Ko`zim oqu-qarosi
Dilbandim, farzandlarim.
Maftunam
mehribonim
Azizam asal bolim
Kichkintoy Diloromim
Barchangiz baxt iqbolim
Mashxuram
muloyim so`z
Xosiyatim shaddod qiz
Sizlarga fido jonim
Tirikligim iymonim.
Dilbandim,
farzandlarim
Ollohimdan so`rayman
Uzoq umr tilayman
Ko`z ostimda asrayman.
Alla
qil Diloromim!
Bolajonim Dilorom
Uxla yotgin ol orom
Yaxshi-yaxshi tushlar ko`r
Hayotda baxtli qiz bo`l.
Allalar aytsin onang
Davlat-u tojing otang
Uyimizning erkasi
Qizlarimiz kenjasi
Isming jismingga monand
Jonim dilingga payvand
O`zingsan asalu-qand
Alla qil Diloromim
Oppoqqina do`mbog`im
Kelajagim iqbolim
Madad bersin Ollohim
Uxlagin Diloromim.
Qizlarim
eng katta baxtim!
Ollohimga
ming shukur bor beshta qizim
Tog`larda ochilgan lola qirmizim
Ular borki so`nmas yulduzim
Ular-la shod o`tar kecha-kunduzim
Besh qiz deb sira ham qilmayman afsus
Kimdir tirnoqqa zor o`tyapti essiz
O`g`li yo`q deb kular ba`zi aqlsiz
Payg`ambar ham o`tganku hatto o`g`ilsiz
Baxtlarga to`ldirsin borgan uyini
G`iybat qilganlar ham ko`rsin to`yini
Kimga qanday jazo berar taqdir o`yini
Ollohim eshitsin ko`ngil kuyimni
O`g`li yo`q deganlar yo`ldan adashar
Havas qilib qizlarimga o`g`rin qarashar
Qizlari ko`p bo`lgan jannatda yashar
Ulargachi go`r tubida do`zzax yarashar.
Qabr
tomon bir qadam.
Bu dunyodan
o`tdi Muhammad Yusuf
O`tdi yana qancha-qancha faylasuf
Kimdir nom qoldirdi, kimdir nishonsiz
Yillar oylar o`tdi kunlar uzluksiz
Bayram kutib to`y kutib kunni sanaymiz
Bir kun o`tgan sayin bir kun qabrga
Bir qadam bosyapmiz buni bilmaymiz
Umr bo`lsa edi abadul-abad
Yer yuzida barcha jonzot yashar edi-ku
Otam, so`ngra akam o`lib ketdiku
Onajonim faryodi ko`kni tutdiku
Barchamizga tilaylik sabr va bardosh
Qonli kunda kerak bo`lar qarindosh
O`tganlar izidan boryapmiz izdosh
Nola qilib to`ksakda qanchalar ko`z yosh.
Ishing
o`ngdan kelmasa.
Kecha-kunduz
yo`q uyqu
Ishlab topganing qayg`u
Orzu-havas his tuyg`u
Ishing o`ngdan kelmasa
Yig`laydi
bolang deb sut
Bolajonim ozroq kut
Barisin ichingga yut
Ishing o`ngdan kelmasa
Er-xotin
qo`sh xo`kiz der
Non qilamiz to`kib ter
Shunda ham bu "kam"ku der
Ishing o`ngdan kelmasa
Oylarga
sig`inasan
Nomardga sarg`ayasan
O`limni sog`inasan
Ishing o`ngdan kelmasa
Besh bolam
baxtim deysan
Olloh berganin yeysan
Balki sinovdir deysan
Ishing o`ngdan kelmasa
Ishimiz
o`ng qilgin ey qodir Xudo
Insonni insondan aylama judo
Ishimiz yurishsa balki inshoollo
Umrbod senga qilgum taxsin tavallo.
Kechirimli
qaldirg`och.
Derazamdan
in qurdi qo`sha qaldirg`och
To`rt polapon ochib chiqdi ona qaldirg`och
Sabri bo`lmay ketib qoldi ota qaldirg`och
Qush bo`lsa ham ona-da taqdir nailoj
O`zi boqib katta qildi polaponlarin
Yeru-ko`kka ishonmaydi bolajonlarin
Xiyonatni kechirmaydi hatta qaldirg`och
Qaytib kelsa kechirarmu balki noiloj
Katta bo`ldi bolalari ketdi to`rt tomon
Yolg`iz qolish alamda xiyonat yomon
Taqdirga tan berdi ona qaldirg`och
Qolgisi kelmadi taqdir na iloj
Kunlar o`tdi uyga qaytdi ota qaldirg`och
Onasi kechir der bag`ring menga och
Bag`rin ochdi kechirdi sho`rlik qaldirg`och
Bolalarim otasi deb taqdir noiloj
Kel qaldirg`och bizga ham bir bor bag`ring och
Ne hislating bo`lsa ayamagin soch
Kelgusi yil ham o`z iningga kel
Shu uyga ham baraka sog`lik olib kel
Mening ham seningdek beshta bolam
Ularga Ollohim bo`lsin madadkor
Xiyonatni bilmasin, bo`lmasin xor-zor
Vaqti kelib har narsaning o`z javobi bor
Yozganlarim emas aslo rivoyat
Ko`z bilan ko`rilgan asl haqiqat
Ixlos bilan yig`lasang bo`lar ijobat
Sabr tagi oltindir qilsakim toqat.
Taqdir
sendan xafaman.
Ayt taqdir
bunchalar meni qiynaysan
Hohlagancha azoblab bizni sinaysan
Begunoh bolalardan axvol so`rmaysan
Yaxshi kunlar oldinda deb yashaysan
Birin
topsang gar bo`lar biri bo`lar kam
Nokaslar oldida
boshing bo`lar ham
Yo`qku otam mening
mehribon akam
Ayt taqdir bunchalar meni qiynaysan
Yo`q narsani
so`rab yig`laydi bolang
X udoga ham yetmaydi o`shanda nolang
Boshingni ushlaysan bo`lasan garang
Yaxshi kunlar oldinda deb yashaysan
Nonlar
yopdim dasturxonlar to`ldirib
Ko`ylak tikdim savob uchun kiydirib
Kimga yig`lab kimlarnidir kuldirib
Ne aybim bor taqdir buncha qiynaysan
Yaxshi
kunlar oldinda deb yashaysan
Shoir bo`ldim taqdirdan yozaverib ko`p
Halol ishlar qildim bo`yin burmay xo`p
Nozikkina qomatim bo`lib qoldi cho`p
Tavba
qildim ey Xudo senga ko`pdan-ko`p
Ayt taqdir bunchalar meni qiynaysan
Yaxshi kunlar oldinda deb yashaysan
O`ylovim, nima sotay, kimdan so`ray, pul
Hammadan
kamdayman rangi-ro`yim kul
Ishonchim ertaga kelajagim hur
O`ng ko`z bilan qarab Olloh sochsa nur
Taqdirni yaratar aslida inson
Yaxshi
yashash uchun topilmas imkon
Shu sherimni yozdim kelganda ilhm
Taqdir taqdim etganda bo`lganda imkon.
* * *
Yiqildik,
surindik va yana turdik
Kimlardandir biz katta umidlar qildik
Umid qilganlaring bermas natija
Yaxshilardan qolmaylik iloj boricha
Har kim o`zicha fikr qiladi
Yiqilganni tepkilab battar kuladi
Hayotda ko`rganlar buni biladi
Hayotda hamma ham bir bor sinadi
Shular kabi sen ham sinding
Yaxshilar bor mana turding
Do`st kim dushmaning kim o`zing ko`rding
O`zingga puxta bo`l endi Samandar
Ayoling besh bolang sog`ligin o`yla
Nimaiki kerak bo`lsa Ollohdan so`ra
Sen mening ro`zg`orim baxtim iqbolim
Shu she`rimni senga atadim jonim.
|